DALATEK

O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi savdosi zanjirining barcha ishtirokchilarini birlashtiruvchi platforma.
mobile

Platformadagi rollar

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotish borasida fermer va eksportchilar oldida qator muammolar mavjud.
platform roles
Qanday qilib doimiy mijozni topish mumkin?
O‘simliklarni himoya qilish uchun
vositalarni qanday to‘g‘ri tanlash
mumkin?
Qanday qilib urug‘ va ko‘chatlarni
to‘g‘ri tanlash mumkin?
Oldindan to‘lov borasida qanday
qilib kelishib olish mumkin?
O‘simliklar himoyasi uchun
zarur vositalarni sotib olish uchun
mablag‘larni qayerdan topsa bo‘ladi?

“DALATEK” platformasi

dasturni 3 tipdagi foydalanuvchilar
uchun taqdim etadi.

Fermer uchun yaratilgan imkoniyatlar:

  • Ro’yxatdan o’tish
  • Shaxsiy xo‘jaliklari xaritasini qoldirish
  • fermer mavjud mahsulot tonnasi va narxini ko‘rsatish
  • Boshqa mamlakatlarda shakllangan, tavsiya etilgan narxlarni ko’rish
platforms

Eksportchi uchun yaratilgan imkoniyatlar:

  • Ro’yxatdan o’tish
  • Maxsulot hajmi va narxiga so’rov yuborish
  • O’ziga kerakli maxsulot va fermerni topish
platforms

Sovutish majmuasi rahbari uchun yaratilgan imkoniyatlar:

  • Hosilni sotib olishga tayyorligi haqida fermerga xabar berish
  • Maxsulot sotuvga tayyorligi haqida eksportyorga xabar berish
platforms

Instruksiya

orqali ilovani o'rnatish va undan foydalanish
Mobil ilovani yuklab oling. Mobil telefoningizda yetarlicha xotira mavjud bo'lishi kerak!
Ilova QR kod so'ragan payt, Telefoningizni QR kodga qaratib, tutqazing.
Telefoningizni sozlamarini O'zbek tiliga o'tqazing, aks holda dastur Ingliz tilida ishlaydi!
QR kod tasdiqlangandan so'ng, ilova login va parol kiritishingizni so'raydi. Siz quyidagi qatorda shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritganizdan so'ng, sizga shaxsiy login va parol taqdim etiladi:
Bu ma'lumotlarni kiritishingiz bilan telefoningizga SMS-xabar orqali login va parol jo‘natiladi.
QR
Muammo tug‘ildimi?
Telegram mesenjeri orqali operatorlarimizga yozib yuboring.
ico YUKLASH VA FOYDALANIB KO'RISH


Yaratiladigan funksiyalar

Patformamizdan quyidagi shaxslar foydalana olishadi:

Logistika kompaniyalari

Bugungi kunda logistlar eksportchi kompaniyalarga qo‘ng‘iroq qilib, o‘z xizmatlarini taklif etishga majburlar. Yaqin vaqt ichida eksportni rejalashtirayotgan, mahsulot turi va yuk ortish sanasi ko‘rsatilgan eksportchilarning tayyor ro‘yxati bo‘lsa, logistika kompaniyalarining ishi ham ancha yengillashadi.

Bizning platformamiz orqali logistika kompaniyalari eksportchilarga o‘z narxlarini taklif etishlari mumkin.

Urug‘ va ko‘chat sotuvchilar

O‘zbekistonda urug‘ va ko‘chatlarni import qiluvchi va ishlab chiqaruvchi 3-4 ta yirik kompaniyalar mavjud. Ularning har birida o‘simliklarni parvarish qilish bo‘yicha tayyor qo‘llanmalar bor. Ammo ko‘pgina fermerlarda bunday ma'lumotlardan foydalanish imkoni yo‘q.

Bizning platformamiz orqali mutaxassislar o‘z mahsulotlarini taklif etishlari va ularga murojaat qilgan fermerlarga konsultatsiya berishlari mumkin.

Tara ishlab chiqaruvchilar

Ba'zida O‘zbekistonda o‘ram, poddon, tasma va boshqa turdagi qadoq ishlab chiqaruvchilarni topish muammo bo‘lib qoladi. Вu yo‘nalishlarning ba'zilarida faqat 1-2 tagina ishlab chiqaruvchi bor xolos.

Eksportchilar va ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish olib borish ishlab chiqarishni rejalashtirish va, ehtimol, kengaytirish imkonini ham berishi mumkin.

Banklar

Biz fermer va eksportchi orasidagi hisob-kitoblarni naqd pulsiz amalga oshirish odatiy holga aylanishini xohlardik. Bu ikki tomonni ham xatarlardan himoya qilishga yordam beradi.

Ammo naqd pulsiz hisob-kitob qilish majburiy bo‘lmaydi.

Sug‘urta kompaniyalari

Rivojlangan davlatlarda sug‘urta kompaniyalari allaqachon agrosanoat eksporti zanjirining ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan, ammo bizda sug‘urta faqatgina yuk tashishning bir qismi sifatidagina mavjud.

Boshqa bosqichlarda esa sug‘urta kompaniyalari ishtirok etishmaydi va buni juda katta xatar borligi bilan izohlashadi. Biz esa xatarlarni minimallashtirish uchun «Dalatek» platformasiga bir nechta sug‘urta kompaniyalarini kiritmoqchimiz. Bu yo‘l bilan eksportchilarga eksport zanjirini to‘g‘ri yaratishga yordam beramiz.

telegram